Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Ikkinchi jahon urushi faxriylari va Ukraina xalqini Ukraina fashist bosqinchilaridan ozod qilinganinligining 70 yilligi bilan tabrikladi. Tabrik matni Rossiya prezidenti ma’muriyati rasmiy saytida berilgan.
Putin Ikkinchi jahon urushi davrida Ukraina uchun og‘ir va ko‘p qon yo‘qotilgan janglarda ko‘pmillatli xalqning ruhiyati va birdamligi qudrati, qutqaruvchi-jangchilar, partizanlar va boshqa urush qatnashchilarining jasorati va qat’iyati o‘zini namoyon qilganini ta’kidlagan.
Shuningdek, Rossiya prezidenti yosh avlodni vatanparvarlik qadriyatlari ruhida tarbiyalash, shunigdek, fashizm mafkurasini qayta tiklash, millatlararo mojarolarni keltirib chiqarish va umumiy tarixni soxtalashtirishga har qanday urinishga faol qarshilik ko‘rsatish muhimligini e’tirof etdi.
Izoh (0)