Toshkent shahar hokimining joriy yil 24-oktabrdagi 868-sonli qaroriga asosan poytaxtning ijtimoiy soha obyektlariga 25-oktabrdan, turar joy binolariga 27-oktabrdan issiqlik berishga kirishildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligining rasmiy saytida xabar berildi.
Mazkur qarorda “Toshkent issiqlik elektrmarkazi”, “Toshkent issiqlik markazi”, “Toshissiqquvvati”, tuman hokimliklari va Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasiga hamkorlikda issiqlik manbalari, energiya bilan ta’minlovchi, uy-joylardan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan tuman hokimliklari nazorati ostida isitish mavsumini sifatli o‘tkazish, barcha iste’molchilarga issiqlik energiyasi va issiq suv yetkazilishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili isitish mavsumi ijtimoiy muassasalarda 28-oktabrdan, turar-joy binolarida 31-oktabrdan boshlangan.
Izoh (0)