Somalida jurnalist Muhammad Mohammud Tima-Kaddening o‘limida aybdor deb topilgan ikki kishi omma oldida qatl etildi. Bu haqda mahalliy RBC radiostansiyasi xabar bergan.
2014-yil avgust oyida 22 yoshli Ali Bashir Usmon va 25 yoshli Abduddahi Sharif Usmon 2013-yil noyabr oyida jurnalistni o‘ldirganlikda ayblangan edi. 25-oktabr kuni Mogadishodagi Politsiya akademiyasida Harbiy sud sudyalari, Tima-Kaddening oilasi va jurnalistlar ishtirokida o‘tkazilgan qatlda ayblanuvchilar harbiylar tomonidan otib o‘ldirilgan.Mahalliy televideniyeda ishlagan Tima-Kadde Somalida 2013-yilda o‘ldirilgan yettinchi jurnalist bo‘lgan edi. Mamlakat “Chegara bilmas muxbirlar” tomonidan tuzilgan matbuot erkinligi reytingida 180 davlat orasida 176-o‘rinda ko‘rsatilgan.
Izoh (0)