Vladikavkazda (Rossiya) o‘tkazilgan kurash bo‘yicha XXXVI Umumrossiya turniri yakunlandi, deb xabar bermoqda Sports.uz.
Turnirda 65 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etgan erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ruslan Pliyev hal qiluvchi bahsda dog‘istonlik Rustam Ahmedovni mag‘lub etib, mazkur turnirda ketma-ket to‘rtinchi bor oltin medalga ega chiqdi.
Ayni vaqtda Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida uch karra olimpiada chempioni Buvaysar Saytiyev mukofoti uchun yoshlar o‘rtasida turnir ham o‘z nihoyasiga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston vakillari 2 ta kumush va 4 bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Kumush medallarga Serik Bakitjanov (100 kg) va Hasan Rahimov egalik qilgan bo‘lsa, Muhammadali Obijonov (42 kg), Rustam Jo‘rayev (46 kg), Sherzod Shamsutdinov (46 kg) va Hasanboy Rahimov (100 kg) bronza medallari bilan taqdirlandi.
Izoh (0)