“Rospoterbnadzor” xizmatining Kursk oblasti boshqarmasi selfiga ishqibozlik pedikulyoz kasalligining tarqalishiga sabab bo‘lishidan ogohlantirdi. Bu haqdagi axborot muassasa rasmiy saytida taqdim etilgan.
Xabarda aytilishicha, selfi-fotosuratlarga guruh bo‘lib tushish maqsadida boshlarning bir-biriga yaqinlashishi oqibatida bitlarning ko‘chishi pedikulyoz kasalligining tarqalishiga sabab bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, pedikulyoz odam tanasida parazitlarning harakati natijasida tarqaladigan kasallik bo‘lib, insonlarning bevosita aloqasi vaqtida yuqishi kuzatiladi.
Izoh (0)