2014-yil 26-oktabr kuni Moskva vaqti bilan soat 02:00 da Rossiyaning aksariyat mintaqalari aholisi vaqtni bir soat orqaga surib, qishki vaqtga o‘tdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Zabaykal o‘lkasi va Magadan oblastida vaqt ikki soat orqaga surildi. Chukotka, Kamchatka, Udmurtiya, Kemerovo va Samara oblastlari aholisi esa soatlarini o‘zgartirmagan, chunki bu hududlar rahbariyati 2011-yilda yozgi vaqtga o‘tishdan bosh tortgan edi.
Yozgi vaqtdan qishki vaqtga butunlay o‘tish to‘g‘risidagi qonun Rossiya Davlat Dumasi tomonidan 2014-yil 10-iyun kuni birinchi o‘qishda va 1-iyul kuni ikkinchi va uchinchi o‘qishlarda qabul qilingan.
Izoh (0)