Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani IIB pasport bo‘linmasi xodimlaridan iborat guruh hududda o‘z sohasiga oid tartibotni takomillashtirish maqsadida “Pasport” tadbiri o‘tkazayotganida, chekka qishloqlardan biridagi xonadonda qo‘nim topgan notanish mehmon ularning e’tiborini tortdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi xabar bermoqda.
Zarur paytlarda tezkor qarorlar qabul qilib, xushyorlikka odatlangan xodimlardan biri darvozadan chiqayotib, “Ko‘zlaridan uni tanigandayman, qidiruvda yurganlar ro‘yxatida bor edi”, — deya hamkasblariga fikrini aytdi.
Xodimlar notanish kimsani obdon tekshirganida, keksa kampir niqobida kiyinib olgan shaxs avval og‘ir jinoyat sodir etib, bir qancha vaqtdan buyon qidiruvda yurgan ayol bo‘lib chiqdi.
Izoh (0)