Amerikalik milliarder Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali prezident Barak Obama AQSh xalqidan uzr so‘rab, iste’foga chiqishi lozimligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Agar G‘arbiy Afrikadan Nyu-Yorkka hech o‘ylamasdan uchib kelgan shifokor Ebola bilan kasallangan bo‘lsa, Obama Amerika xalqi oldida kechirim so‘rab, iste’foga chiqishi kerak. Men prezidentga G‘arbiy Afrikadan kelayotgan parvozlarni taqiqlashni bir necha marta aytdim. Bu juda oddiy, lekin u buni rad etdi. Bu to‘liq layoqatsizlik. Barak Husayn Obama Jimmi Karterdan ham ancha yomonroq prezident bo‘ldi”, − deb yozgan Tramp.
Milliarderning bunday tanqidiga Gvineyada “Chegara bilmas shifokorlar” tarkibida Ebolaga qarshi kurashib Nyu-Yorkka qaytgan 33 yoshli Kreyg Spenserda Ebola alomatlari topilgani sabab bo‘lgan. Avvalroq, Tramp shu masala yuzasidan yozganda AQSh prezidentining ruhan sog‘lom ekanligiga shubhalanayotganini ham ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)