Tergov ishlari Moskvaning “Vnukovo” aeroportida halokatga uchragan Falcon samolyoti uchuvchilari harakatlarida hech qanday xatolikni topmadi. Bu haqda “NTV” telekanali xabar berdi. “Qora quti”dagi ma’lumotlar tahlili ekipajning ko‘rsatmalar bo‘yicha harakatlanganini tasdiqladi.
Uchuvchilar suhbatidan ularning qor tozalovchi mashinani ko‘rmaganligini xulosa qilish mumkin. Shu tufayli ular to‘qnashuv kelib chiqmasligi uchun hech qanday manyovrni amalga oshira olmagan.
Eslatib o‘tamiz, 21-oktabrga o‘tar kechasi Total prezidenti Kristof de Marjeri va uch ekipaj a’zosi o‘rin olgan yengil dvigatelli samolyot “Vnukovo” aeroportida qor tozalovchi mashina bilan to‘qnashib ketishi oqibatida samolyotdagi barcha kishilar halok bo‘lgan edi. Hech qanday zarar ko‘rmagan qor tozalovchi mashina haydovchisi esa mast holatda bo‘lgani aniqlangan hamda u ikki sutkaga hibsga olingan edi. Haydovchining advokati esa gumondor surunkali yurak xastaligi bilan og‘rigani tufayli umuman spirtli ichimliklar iste’mol qilmasligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)