23-oktabr kuni Rossiyada rubl kursi dollar va yevroga nisbatan o‘z minimumini yana yangiladi, deya xabar bermoqda Segodnya.ua.
Savdo sessiyalari natijalariga ko‘ra, dollarning rublga nisbatan kursi 52,87 kopeykaga oshdi va 41,6 rublga yetdi.
Bivalyuta savati narxi ham mutlaq maksimumni yangiladi va 46,5 rublga teng bo‘ldi.
Nashrning eslatishicha, dollar kursi ilk bora 15-oktabr kuni 41 rubldan yuqoriga chiqqan edi.
Izoh (0)