Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Lavozimi muddati 2016-yil dekabrigacha bo‘lgan BMT Bosh kotibi Pan Gi Munga navbatdagi ish o‘rnini topib berishdi, deya xabar bermoqda Segodnya.ua. So‘rovlar natijalariga ko‘ra, vatandoshlari u Janubiy Koreyaning navbatdagi prezidenti bo‘lishini istaydi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Pan Gi Mun BMTni ketma-ket ikkinchi besh yillik muddat bilan boshqarmoqda. Ushbu muddat 2016-yilda yakunlanadi va xalqaro tashkilot qoidalariga ko‘ra, u bu lavozimga qayta saylana olmaydi.

Janubiy Koreya prezidentligiga saylovlar esa 2017-yil oxirida bo‘lib o‘tadi. Avvalroq Pan Gi Mun Janubiy Koreya tashqi iqtisodiy idorasida ishlab tashqi ishlar vaziri lavozimigacha yetib borgan.

Hangil Research tadqiqot jamg‘armasi so‘rovlari Janubiy Koreya aholisining 39,7 foizi Pan Gi Munni mamlakatning bo‘lg‘usi prezidenti sifatida ko‘rishni istashini ma’lum qildi. Uning raqobatchilari bundan 3—4 barobar kamroq natija ko‘rsatgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak