Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Soliq boshqaruvi forumining 45 a’zo davlatlarining soliq xizmatlari rahbarlari Irlandiya poytaxti Dublin shahrida soliq nazoratini takomillashtirish choralari aks ettirilgan qo‘shma bayonot bilan chiqadi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Ishtirokchi davlatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish maqsadida JITSIC (Soliqdan qochish nazorati bo‘yicha birlashgan ma’lumot markazi) xalqaro onlayn-platformasi tuzilishi ma’lum qilingan. JITSIC soliq to‘lashdan qochish holatlariga transchegaraviy sxemalarni qo‘llash orqali qarshilik ko‘rsatishni ko‘zda tutadi.
Bayonotda aytilishicha, ma’lumot almashinuvi faqatgina davlatlar o‘rtasidagi alohida shartnomalar asosida amalga oshiriladi, biroq umumiy harakatlar kengaytiriladi. Har bir ishtirokchi davlatda JITSIC tarmog‘i ishini qo‘llab-quvvatlovchi va boshqa davlatlar soliq organlari bilan tezkor hamkorlikni ta’minlovchi xodimlar tayinlanadi.
Izoh (0)