Qozog‘iston parlamenti yuqori palatasi deputatlari Rossiya Federatsiya bilan XXI asrdagi yaxshi qo‘shnichilik va ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Xalqaro aloqalar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasining axborotiga ko‘ra, shartnoma Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sherikchilik va siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, energetika, tranzit-transport, ekologiya, gumanitar, madaniy va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashni maqsad qilgan.
Shuningdek, tomonlar muvofiqlashtirilgan tashqi siyosat olib borish, Yevroosiyo mintaqasida va butun dunyoda tinchlikni mustahkamlash, barqarorlik va xavfsizlik darajasini oshirish uchun birgalikda harakat qilishga kelishgan.
Izoh (0)