Indoneziya ikkinchi divizionining “Persis” va “Martapura” jamoalari o‘rtasida Solo shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yin vaqtida yuz bergan tartibsizliklar oqibatida bir muxlis nobud bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
O‘yin oxirida hisob 1:1 ko‘rinishida bo‘lgan bir paytda muxlislar maydonga tushib ketgan. Ular yon hakamlardan biriga buyumlar otilishi sababli bosh hakamning o‘yinni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lgan. Tartibsizlik stadion tashqarisiga ham chiqib, muxlislar politsiya mototsiklini yoqib yuborgan, bir necha avtomobil va avtobuslarga zarar yetkazgan.To‘qnashuvlardan so‘ng politsiya ko‘kragidan jarohat olgan jasadni topgan. O‘lim sabablari hozircha noma’lum bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, huquqni muhofaza qilish organlarining sakkiz vakili va olti fuqaro jarohatlangan.
Izoh (0)