Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining savdo vaziri Andrey Slepnyov “Eksportni qo‘llab-quvvatlash” konferensiyasi chog‘ida 30 ga yaqin davlat Rossiya, Qozog‘iston va Belorussiyaning Bojxona Ittifoqi bilan erkin savdo hududi tuzish istagini bildirganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, erkin savdo hududi bo‘yicha muzokaralar joriy yil oxirigacha Isroil bilan, keyin Hindiston bilan olib boriladi, Misr bilan muzokaralar yangilanishi haqida ham qaror qabul qilingan va navbatda 30 ga yaqin davlat turibdi.
Shuningdek, u ayni paytda siyosiy sabablar tufayli Yangi Zelandiya hamda Yevropa erkin savdo uyushmasi (Islandiya, Shveysariya, Norvegiya va Lixteynshteyn) bilan muzokaralar muzlatib qo‘yilganini ham aytib o‘tgan.
Izoh (0)