Toshkent shahridagi “O‘zbekiston” sport saroyida dzyudo kurashi bo‘yicha Gran-Pri turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda yana ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi sovrindorlar safidan o‘rin egalladi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Yahyo Imomov (-81 kg) finalga qadar kechgan bahslarni mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, kumush medal sovrindori bo‘ldi.
Ushbu vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan yana bir dzyudochi Shahzod Sobirov bronza medal bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 66 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchi Rishod Sobirov oltin medalga, 60 kilogramm vazn toifasida qatnashgan Diyorbek O‘rozboyev esa kumush medalga ega bo‘lgan edi.
Izoh (0)