KXDR yetakchisi Kim Chen In uzoq vaqt davom etgan “ta’til”dan so‘ng yana omma oldida paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Bu safar mamlakat OAVlari Kim Chen Inning Politexnika universiteti o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan yangi turar joy majmualariga tashrifini yoritdi. O‘tgan tashrif chog‘idagidek, rasmiy suratlarda yetakchining hassaga tayanib turgani aks etgan, biroq uning sog‘lig‘i haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.
14-oktabr kuni Kim Chen In 40 kun ichida birinchi marta omma oldida paydo bo‘lgan, o‘sha paytda u qorra hassa yordamida yurgan edi.
Avvalroq Kim Chen In sentabr oyida og‘ir operatsiyani boshidan kechirgani haqida xabar berilgan edi.
25-sentabr kuni 3 haftadan buyon ommaga ko‘rinmagan Kim Chen In KXDR oliy xalq kengashining navbatdagi sessiyasida qatnashmagani xabar qilingan edi. Shu kuni KXDR televideniyesida Kim Chen Inning oqsoqlanayotgani ko‘rsatilgan bo‘lib, yetakchining sog‘lig‘i joyida emasligi ham aytilgan.
Izoh (0)