“Xabbl” teleskopi va gravitatsiya linzasi yordamida olimlar eng kichik, olis va qadimiy galaktikalardan birini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Yangi topilgan galaktikagacha bo‘lgan masofa 13 millard yorug‘lik yilini tashkil etadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra u ulkan portlashdan 500 million yil o‘tgach paydo bo‘lgan. Shunday qilib, u topilgan va kuzatilayotgan galaktikalar orasida eng qadimiylaridan biri hisoblanadi.
Yangi galaktika bizning Somon yo‘li galaktikamizdan 500 marta kichik bo‘lib, vazni 40 millionta Quyoshning og‘irligiga teng. Kichik galaktika uni aniqlashda gravitatsiya linzasi vazifasini o‘tab bergan ulkan Pandora galaktikalar majmuasining o‘zidan topilgan.
Izoh (0)