Moskva metrosining Filevskaya yo‘nalishidagi “Mejdunarodnaya” bekatida ayol yo‘lovchi relslarga o‘zini tashlab, halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya poytaxti metropoliteni matbuot xizmati axborotiga tayanib “Moskva” agentligi xabar berdi.
“Soat 11:25 da (Moskva vaqti bilan − “Daryo”) ayol o‘z joniga qasd qilish maqsadida poyezd ostiga o‘zini tashladi. Soat 11:29 da uning jasadi relsdan olindi”, − deyiladi xabarda.
Halok bo‘lgan yo‘lovchining jasadi relsdan olinguncha ushbu yo‘nalishdagi poyezdlar harakati to‘xtatib turilgan, biroq hozir ish rejimi to‘liq tiklangan.
Izoh (0)