Italiyada muxolifatdagi “Shimol ligasi” partiyasi a’zosi Paolo Grimoldi mamlakat parlamentida “Putinning do‘stlari” guruhini tuzish tashabbusi bilan chiqdi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”.
Grimoldi partiya yetakchisi Matteo Salvini bilan birgalikda Rossiya va Qrimga tashrif buyurganidan keyin ushbu tashabbusni ilgari surgan. U yangi parlament guruhiga 100 dan ortiq deputat va senatorlarni jalb qilish niyatida.
Guruh tuzilishini Grimoldi so‘nggi paytlarda jahon sahnasidagi Obama ma’muriyatining mag‘lubiyati va Putinning mavqesi oshishi bilan izohlagan. Bu “italyan biznesiga zarar yetkazayotgan blokada”ga qarshi harakat ekanligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)