Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron 17-oktabr kuni Milan shahrida bo‘lib o‘tgan jahon yetakchilari yig‘ilishida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva Ukrainaning bo‘linishini istamasligiga ishontirganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Korrespondent.net.
Shunigdek, Putin Ukrainadagi mojaroning muzlatib qo‘yilishini ham istamasligini aytgan. Kemeronning ta’kidlashicha, agar Rossiya Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmasa, Yevropa Ittifoqi Moskvaga nisbatan qo‘ygan sanksiyalarini o‘z kuchida qoldiradi.
Qayd etish joizki, Milanda bo‘lib o‘tgan Osiyo va Yevropa yetakchilari uchrashuvida Yevropadan Italiya bosh vaziri Matteo Rensi, Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron, Fransiya prezidenti Fransua Olland, Germaniya kansleri Angela Merkel, Yevropa Komissiyasi rahbari Joze Manuel Barrozu, Yevropa Kengashi prezidenti Xerman van Rompuy va Yevropa diplomatiyasining yangi rahbari Federika Mogerini qatnashgan.
Izoh (0)