Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin ertaga, 17-oktabr kuni Milan shahrida Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan uchrashuv o‘tkazadi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Italiya bosh vaziri Matteo Rensining so‘zlariga ko‘ra, ushbu uchrashuv “Osiyo-Yevropa” sammiti (ASEM − Asia-Europe Meeting) maydonlarida bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, u muzokaralarda Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Fransua Olland, Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron kabi siyosat arboblari ham qatnashishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)