Xitoy kompaniyasi Xiaomi o‘zining smartfonlari uchun Apple’ning iOS operatsion tizimidan ochiq-oydin ko‘chirayotgani Apple bosh dizayneri Joni Ayv tomonidan ta’kidlangan edi. Uning fikricha, bu shunchaki dangasalik emas, balki intellektual mulk egaligini o‘g‘rilash ham. Xiaomi kompaniyasi asoschisi va ayni paytdagi rahbari Lin Bin esa bunga bosiqlik hamda befarqlik bilan javob qaytardi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Lin Bin Xitoy yangiliklar xizmatiga bergan intervyusida, uning kompaniyasi hech qachon, hech kimni o‘zining mahsulotlarini ishlatishga majburlamasligini, ammo Xiaomi smartfonlarini ishlatib ko‘rganlargina ular haqida o‘z fikrini bildirishi mumkinligini ta’kidlagan. Shuningdek, Lin Bin Apple xodimiga Xiaomi smartfonini bepul taqdim etishni va Joni Ayv ushbu kompaniya smartfonini ishlatib ko‘rgach, uning fikrlarini eshitishni istashini ma’lum qilgan.
Izoh (0)