“Barselona” hujumchisi Luis Suares diskvalifikatsiya muddati “Real”ga qarshi bo‘ladigan o‘yin kuni yakuniga yetishida alohida ma’no borligini ta’kidlab o‘tdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
“Men ‘Barselona’ga g‘alabalarga erishish maqsadida kelganman. ‘Real’ga qarshi o‘yin bo‘ladigan kuni maydonga qaytishim, menimcha, bejizga emas.
Sen xatoga yo‘l qo‘ysang, buning uchun jazo olishing adolatdandir. Ammo seni professional futbolchi bo‘lish hissiyotidan mahrum etishsa, bunisi juda og‘ir. Men oxirgi vaqtlarda juda qiyin vaziyatda qolgan edim”, — dedi Suares.
Izoh (0)