Ukraina chegarasi yaqinidagi Rossiya Federatsiyasi qo‘shinlari bo‘linmalari o‘z lagerlarini ko‘chira boshladi. Bu haqda Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi axborot-tahlil markazi spikeri Andrey Lisenkoga tayangan holda “Segodnya” xabar bermoqda.
“Bizdagi ma’lumotga ko‘ra, Ukrainaning davlat chegarasiga kelgan harbiy qismlar joyidan qo‘zg‘alib doimiy qarorgohiga qaytmoqda”, — deb qayd etdi Andrey Lisenko.
“Doimiy qo‘shinlarning Ukraina chegarasidan uzoqlashtirilishi ijobiy hol, biroq bu Rossiyadagi dala lagerlarida tayyorlanayotgan yollanma jangchilarning chegaraning nazorat qilinmayotgan qismlari orqali Ukraina hududiga o‘tkazilishiga to‘siq bo‘la olmaydi”, — deb ta’kidladi Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi axborot-tahlil markazi spikeri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri Valeriy Geletey, Rossiyaning Donbassdan o‘z qo‘shinini olib chiqib ketayotgani haqida ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)