Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron va Vazirlar mahkamasi a’zolari Falastinni suveren davlat sifatida tan olish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlamaydi, ammo mamlakatning muxtoriyatga nisbatan siyosati o‘zgarmaydi. Bu haqda bosh vazir devonxonasi vakilining so‘zlariga tayangan holda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mazkur hujjat hukumat tomonidan majburiy ijro etilish xususiyatiga ega bo‘lmaydi, u shunchaki ko‘pchilik parlament vakillarining nuqtai nazarini ifoda etuvchi bayonot bo‘ladi, xolos.
“Hukumatning qarashlari haqida aniq aytildi va u o‘zgarmadi. Bosh vazir Vazirlar mahkamasining boshqa a’zolari kabi ovoz berishda betaraf qoladi”, — deb qayd etdi devonxona vakili.
Avvalgi ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniya Falastinni mustaqil davlat deb hisoblamasligini, ammo bu uning Isroil bilan tinchlik aloqalari o‘rnatilishi jarayonining sharti bo‘lsa, u holda Britaniya Falastin davlatchiligini tan olishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)