Avtopoygachi Lyuis Xemilton Sochidagi g‘alabasidan so‘ng Putin bilan qo‘l berib ko‘rishmadi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Yakshanba kuni Sochida Formula-1'ning Rossiyadagi birinchi Gran-prisi o‘z nihoyasiga yetdi. Finishdan so‘ng avtodrom binosida Xemilton F-1 rahbari Berni Ekklstoun va boshqa mashhurlar bilan salomlashdi. U faqatgina Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qo‘l uzatmadi.
https://www.youtube.com/watch?v=dQkD3n7akRs
Ehtimol, u Putinni tanimay qolgandir, deb tahmin qilinmoqda. Modomiki, taqdirlash marosimi paytida Xemilton Rossiya rahbari bilan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortmadi.
Izoh (0)