Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida noma’lum shaxs yarim tunda bir fuqaroning boshiga temir bo‘lagi bilan urib jarohat yetkazdi va uning boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasini haydab qochdi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi xabar bermoqda.
Avtomobilni olib qochgan shaxs birovning mulki buyurmasligini mashinani simyog‘ochga urganidan so‘nggina tushundi. Zudlik bilan ichki ishlar idoralariga xabar bergan jabrlanuvchiga yordamga kelgan tergov-tezkor guruhi a’zolari holat bilan tanishib, chora-tadbirlar belgiladi.
Ushbu huquqbuzarlikni kattaqo‘rg‘onlik shaxs sodir etgani ayon bo‘ldi. Hozirda unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)