11-oktabr soat 16:00da Toshkentdagi “Turkiston” saroyida Sharq yakkakurashlarini rivojlantirish markazi tomonidan tashkillashtirilib kelinayotgan VII an’anaviy “Sharq yakkakurashlari go‘zali − 2014” tanlovi o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda Uz24.
Markaz matbuot xizmatining xabar berishicha, bu yilgi tanlovda jang san’atlari bilan shug‘ullanadigan 25 yoshgacha bo‘lgan sportchi qizlar ishtirok etadi.
Final bosqichiga yo‘l olgan 7 nafar qiz o‘zlarining ko‘pqirraliliklarini to‘liq namoyon qilishlariga to‘g‘ri keladi: modalar namoyishidan tortib pazandalik bahsigacha, raqslar-u sharq yakkakurashlari bo‘yicha mahoratlari baholanadi.
Izoh (0)