O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq respublikaning 18 yoshga to‘lmagan fuqarolari uchun O‘zbekiston bilan viza rejimiga ega mamlakatlar (uzoq xorij mamlakatlari, Tojikiston, Turkmaniston)ga chiqish tartibi belgilandi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga muvofiq, 16 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari biometrik pasportga ega bo‘lgan holda O‘zbekiston bilan viza rejimiga ega mamlakatlarga chiqishi mumkin. Bunda katta yoshli kuzatuvchi voyaga yetmagan shaxsning biometrik pasportida ko‘rsatilgan bo‘lishi, ruxsat etuvchi yozuv yopishtirilgan bo‘lishi hamda boriladigan mamlakatga chiqish vizasi mavjud bo‘lishi kerak.
Doimiy ravishda chet mamlakatlarda yashovchi 16 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari biometrik pasportga ega bo‘lgan holda O‘zbekiston bilan viza rejimiga ega mamlakatlarga chiqishi mumkin. Bunda katta yoshli kuzatuvchi voyaga yetmagan shaxsning biometrik pasportida ko‘rsatilgan bo‘lishi, ruxsat etuvchi yozuv yopishtirilgan bo‘lishi hamda boriladigan mamlakatga chiqish vizasi mavjud bo‘lishi kerak.
16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari biometrik pasportga ega bo‘lgan holda O‘zbekiston bilan viza rejimiga ega mamlakatlarga chiqishi mumkin. Bunda ruxsat etuvchi yozuv yopishtirilgan bo‘lishi hamda boriladigan mamlakatga chiqish vizasi mavjud bo‘lishi kerak.
Doimiy ravishda chet mamlakatlarda yashovchi 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari biometrik pasportga ega bo‘lgan holda O‘zbekiston bilan viza rejimiga ega mamlakatlarga chiqishi mumkin. Bunda ruxsat etuvchi yozuv yopishtirilgan bo‘lishi hamda boriladigan mamlakatga chiqish vizasi mavjud bo‘lishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq respublikaning 18 yoshga to‘lmagan fuqarolari uchun MDH mamlakatlari (Rossiya, Ukraina, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston)ga chiqish tartibi e’lon qilingan edi.
Izoh (0)