Bu yilgi ikkinchi to‘liq Oy tutilishi bugun kuzatildi, deb xabar bermoqda Vesti.ru. Yerning tabiiy yo‘ldoshi sayyora soyasiga kirib chiqish jarayonida turli ko‘rinishdagi qizil rangli yorug‘lik taralishi natijasida ushbu hodisa “qonli Oy” deb nom olgan.
“Qonli Oy”ni Janubiy va Shimoliy Amerika, Avstraliya va Janubi-g‘arbiy Osiyoda kuzatish mumkin bo‘lgan. Shuningdek, Rossiyaning Uzoq Sharq va Sibir hududlarida ham kuzatilgan. Bundan tashqari, shimoliy yarimsharda Oyning Uran sayyorasini to‘sib qo‘yishini kuzatish imkoni tug‘ilgani olimlarda katta qiziqish uyg‘otgan.
Avvalroq, AQShning NASA kosmik agentligi Oy tutilishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)