Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Qorachoy-Cherkasiya Respublikasi hududida ayiq o‘zini yaralagan ovchiga hujum qilib, uni o‘ldirgan, deb xabar bermoqda “TASS”.
Ovchi shanba kuni respublikaning Urup rayonidagi o‘rmonda yo‘qolgan. Ichki ishlar vazirligining mahalliy bo‘linmasiga bu haqdagi xabar yakshanba kuni berilgan va shu kuni o‘rmonda ovchining tanasi topilgan.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Kurjinovo qishlog‘ida yashovchi 41 yoshli erkak ayiqni ko‘rib, unga o‘q uzgan. Biroq ayiq o‘qdan o‘lmagan, faqat jarohat olgan. Yaralangan va g‘azablangan ayiq ovchiga hujum qilib, uni o‘ldirgan. Keyin jarohat ta’sirida o‘zi ham o‘lib qolgan”, − dedi vazirlik vakili.
Izoh (0)