Yaponiyadagi Ontake vulqoni otilishi natijasida halok bo‘lgan turistlarning ko‘pchiligi falokatdan bir necha sekundlar oldin suratga tushirishga ulgurgan, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Ijtimoiy tarmoqlarda qurbonlarning vulqon otilishidan biroz oldin olgan ko‘plab suratlari paydo bo‘lgan. Ular yon-atrofda yashagan, shuning uchun ham tabiat qo‘yniga chiqib, kuz manzarasidan bahra olmoqchi bo‘lgan.“Taxakasi bu rasmda baxtli ko‘rinyapti. Biroq umuman jilmaymagan. Ehtimol u vulqon otilishi boshlanganinin ko‘rgani uchun shundaydir”, − dedi halok bo‘lganlardan birining do‘sti.
Hideomi Takahashi pic.twitter.com/nBteO0Rn4Q
— Chance Heston / Pastor Lindholm 🇸🇪 - (@mzw007) October 5, 2014
Sayohatchilardan birining rafiqasi esa fojeadan bir necha soniya avval turmush o‘rtog‘i tushirishga ulgurgan 100 ga yaqin suratlarni chop etgan. So‘nggi rasmlarda vulqon otilishi natijasida paydo bo‘lgan tutunli ustunlar tasvirlangan. “Bu ajoyib rasm. Lekin men o‘sha vaziyatda erim suratga olish o‘rniga bu yerdan qochishini istagan bo‘lardim. Men 10 yildan keyin bu toqqa chiqib, erim umrining oxirida nimaga guvoh bo‘lganini ko‘rishni xohlayman”, − dedi halok bo‘lgan turistning xotini.
Aniden kül püskürtmeye başlayan Ontake Dağı'nda yaşamını yitiren Izumi Noguchi'nin çektiği son karelerden #Japonya pic.twitter.com/BckxVJY0de
— Yusuf Özhan (@Yusuf_Ozhan) October 5, 2014
Ontake vulqonining harakatga kelishi natijasida 47 kishi halok bo‘lgan. Ulardan 46 nafari tosh otilishidan orttirilgan tashqi jarohatlar oqibatda hayotdan ko‘z yumgan. 70 ga yaqin odam turli darajadagi jarohatlar olgan, 16 kishi bedarak yo‘qolgani aytilmoqda.
Avvalroq vulqon otilishi natijasida 50 kishi halok bo‘lgani haqida xabar qilingan edi.
Izoh (0)