NATOning yangi Bosh kotibi Yens Stoltenberg o‘zining Polshaga tashrifi davomida 2015-yilga rejalashtirilayotgan, Alyansga a’zo davlatlar vazirlari uchrashuvida tezkor kuchlarni tuzish masalasi hal etilishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya pravda”.
Stoltenberg bunday bo‘linmalarsiz ham NATOning kuchli armiyaga egaligini va qo‘shinlar istalgan yerga joylashtirilishi mumkinligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shinlarni joylashtirish imkoniyati allaqachon mavjud va NATO ularni alohida mintaqalarga tarqatishi mumkin.
Xabarda aytilishicha, Stoltenberg Varshavaga Polsha hukumatini Rossiyaning siyosatidan muhofazasi ta’minlanishiga ishontirish uchun borgan. Avvalroq bir nechta Sharqiy Yevropa davlatlari Ukrainadagi voqealar tufayli NATOdan o‘z hududlarida qo‘shin joylashtirishni so‘ragan edi.
Izoh (0)