Taniqli Gollivud aktrisasi Juliya Roberts o‘zining uch nafar farzandi − 10 yoshli egizaklar Xezel va Finneas hamda 7 yoshli kichik Genri Deniel Moder uning ishtirokidagi filmlarni umuman ko‘rmaganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Juliya vaqtini uyda farzand tarbiyasi bilan o‘tkazishni yaxshi ko‘radi. 12 yil avval kinooperator Deniel Moder bilan turmush qurgan aktrisa eri va farzandlari bilan hinduiylik ibodatxonalariga borib turishni ham odat qilgan.
Bunday hayot tarzi Robertsning har mavsumda eng yaxshilardan bo‘ladigan filmlarda suratga tushishiga xalal bermaydi. Masalan, “Avgust: Pseyj grafligi” filmidagi roli uchun aktrisaning “Oskar”, “Oltin Globus” va BAFTA mukofotlari uchun nomzodi ko‘rsatilgan. Shunga qaramay, Juliya farzandlarini o‘zining mashhurligi bosimi ostida qolishlaridan qattiq himoya qiladi.
“Ular ota-onalari shou-biznes sohasida ishlashini biladi, biroq ular na mening filmlarimdan birortasini, na mening ishtirokimdagi filmlar haqidagi reklama roliklarini va hattoki mening yirik suratim tushirilgan afishalarni ham umuman ko‘rmagan”, − dedi aktrisa.
Izoh (0)