Yaponiya poytaxti Tokio shahrida tennis bo‘yicha Rakuten Japan Open — 2014 yirik turniri davom etmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin ikkinchi davra uchrashuvini o‘z foydasiga hal qildi, deb xabar berdi “Olamsport”.
Ilk davrada turnirning asosiy to‘riga imtiyozli yo‘llanma asosida qo‘yilgan mezbon tennischi — Daniel Taroni 7:6(7:2), 6:7(5:7), 7:5 hisobida mag‘lub etgan Istomin bu safar Mixal Pshisenjniyga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi.
Denis polshalik raqibini 6:4, 7:6(7:5) hisobida taslim etdi. Uning chorak finaldagi raqibi bugun ma’lum bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Tokio turnirining mukofot jamg‘armasi bir million 373 ming 420 AQSh dollarini tashkil etadi.
Izoh (0)