Janubiy Koreyaning Incheon shahrida davom etayotgan 17-Osiyo o‘yinlarida yengil atletika musobaqalari davom etmoqda. Biroz avval balandlikka sakrash yo‘nalishida bahslar yakunlanib, unda ikki nafar o‘zbekistonlik ikkita medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi “Olamsport”.
1.94 metr balandlikka sakragan o‘zbekistonlik Svetlana Radzivil Osiyo o‘yinlari oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin 1.92 metr balandlikni zabt etgan xitoylik Zeng Xingjuanga nasib etdi.
Yana bir O‘zbekiston vakili Nadiya Dusanova 1.89 metr balandlikka sakray oldi va bronza medalga ega bo‘ldi.
Shunday qilib, O‘zbekiston hisobidagi jami medallar soni 38 taga yetdi. Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi hisobida to‘qqizta oltin, 11 ta kumush va 18 ta bronza medal bor.
Izoh (0)