27-sentabr kuni “Zarafshon” kinokonsert zalida Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 e-sporti bo‘yicha O‘zbekiston chempionati g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda milliy birinchilikning tashkilotchilari, o‘zbek estradasi yulduzlari va ko‘plab ishqibozlar ishtirok etdi.
Xabar berilganidek, 15-avgustdan 26-sentabrga qadar mamlakatning to‘rt yirik shahrida ikki ommabop o‘yin intizomlari: DotA AllStars guruh strategiyasi va FIFA14 futbol simulyatori bo‘yicha turnirlar bo‘lib o‘tdi. Zo’r-Zo’r UCG 2014 virtual futbol qismi ESWC 2014 Jahon kubogining saralash bosqichi bo‘lib, uning natijalariga ko‘ra, Toshkent shahridan Abdusapi Qayumov respublika chempioni bo‘lib, Fransiyada dunyo birinchiligi medali uchun kurashadigan sayyoraning 32 eng kuchli geymerlari ro‘yxatiga kirdi.
Abdusapi Qayumovni taqdirlar ekan, FIFA arbitri Ravshan Ermatov jahon maydonida sezilarli darajada muvaffaqiyatga erishgan virtual futbolchilar ketidan futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ham Jahon chempionatiga chiqishiga ishonch bildirdi.
Ravshan Ermatov turnirning eng kuchli geymerini tabriklab, unga Parijda yorqin tarafda o‘ynamoqni tiladi.
“Men boshqalar kabi yigitlarimizning jahon sport maydonidagi muvaffaqiyatlaridan, medallar va yuksalishlaridan g‘ururlanaman, — dedi marosimni ochgan ‘Beeline’ning Bosh direktori Aleksandr Vorobyov. — Xalqaro turnirlardagi bo‘lg‘usi g‘alabalarga aynan hududiy va respublika darajasidagi chempionatlar mustahkam poydevor yaratadi, deb hisoblayman. O‘zbekiston iqtidorli yoshlari tufayli misli ko‘rilmagan innovatsion imkoniyatlarga ega, shuning uchun e-sport uning yorqin qirralaridan biriga aylansin”.
ESWC Jahon kubogining final o‘yinlari 2014-yilning 29-oktabridan 2-noyabrigacha bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)