Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an yangi iPhone 6 smartfonini tanqid qildi. Uning so‘zlariga qaraganda, smartfonning oldingi versiyasidan hech qanday farqi yo‘q, deb xabar bermoqda Phys.org.
Erdo‘g‘an BMT Bosh Assambleyasiga tashrifi davomida Nyu-Yorkda Apple do‘konlari oldida ulkan navbatlarni ko‘rganini aytgan. “Bu brend har yili yangi model yaratadi. Aslida iPhone 6 o‘tgan yili chiqqan avvalgi modelidan hech qanday farq qilmaydi. Model emas, balki brend sotilmoqda”, − dedi Erdo‘g‘an.Turkiyaning yangi prezidenti ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalarga bo‘lgan salbiy munosabati bilan tanilgan. 2014-yilning mart oyida mamlakatda Twitter va YouTube saytlari bloklangan edi. Erdo‘g‘anning fikricha, internetda hukumatga qarshi ishonchsiz ma’lumotlarning tarqalishi 2013-yildagi tartibsizliklarga sabab bo‘lgan.
Izoh (0)