Koreya Respublikasida KXDRga 200 million von (190,5 ming dollar) qiymatidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rinishida gumanitar yordam ajratish rejasi tasdiqlandi, deb xabar bermoqda “ITAR-TASS”.
Shimoliy va Janubiy Koreya munosabatlarining barcha sohalari uchun mas’ul bo‘lgan Birlashish vazirligi vakilining so‘zlariga qaraganda, ruxsat olingach, Janubiy Koreyaning Ace Gyeongam jamg‘armasi quruqlik chegarasi orqali yuklarni Shimoliy Koreyaning Xvanxe-Pukto viloyatiga o‘tkazib beradi.
Gumanitar yordamning Koreya Xalq Demokratik Respublikasida taqsimlanishini nazorat qilish uchun ham ushbu jamg‘armaning olti nafar xodimi jo‘natiladi.
Izoh (0)