Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida talabalar uchun ilk psixologik xizmat ko‘rsatish markazi ochildi, deb xabar bermoqda Uz24.
Markaz universitetning “Umumiy psixologiya” va “Amaliy psixologiya” kafedralari o‘qituvchilari tashabbusi bilan ma’naviy sog‘lom muhit yaratish va ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida tuzildi. Unga TDPU psixologiya fanlari doktori, professor Nuriddin Safoyev rahbarlik qiladi.
Markazda maslahatchilar sifatida universitetning “Pedagogika va psixologiya” yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlash kursi rahbari Feruza Alimova, dotsentlar Dilorom Mahmudova va Bahodir Botirov ish olib boradi. Talabalar ularga har kuni darslardan keyin o‘qish, do‘stlar va oilalari bilan munosabatlaridagi muammolarni hal qilishda ruhiy yordam uchun murojaat qilishi mumkin.
Izoh (0)