Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat hududiy yaxlitligining saqlanishiga amin ekanligini ma‘lum qildi, deya xabar bermoqda “Segodnya” nashri.
“Dushman yanglishdi. U bizning yanada kuchayishimizga sabab bo‘ldi. Vatanga bo‘lgan muhabbat, ukrain va rusiyzabonlarning birgalikdagi kurashi kuchaydi. Vaqt hammasini ko‘rsatadi va Ukrainani uchga bo‘lishni taklif qilganlar jahannamda yonadi”, — dedi Poroshenko
Rusiyzabon va ukrainzabon aholining mustaqillik uchun birgalikda kurashi mamlakatni birlashtirdi va oramizdagi barcha to‘siqlarni − til va etnik chegaralarni o‘chirib tashladi. Bizning boshimizga tushganlar Yevropani birlashtirdi. Bungacha barqaror hayot yevropaliklarda tinchlik abadiyligi va Lissabondan Vladivostokkacha bo‘lgan hududda barcha Yevropa qadriyatlariga tayanishi to‘g‘risidagi puch xayollar paydo bo‘lgan edi”, − deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.
Izoh (0)