Polsha Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, 24-sentabr kuni mamlakat shimolida NATOning “Anakonda” nomli mashg‘ulotlari boshlandi. Mashg‘ulotlar davomida turli mamlakatlar harbiylari favqulodda holatlar yuzaga kelganda qisqa muddat ichida qismlarni qayta joylashtirish ustida ish olib boradi. Bu haqda Deutsche Welle nashriga tayanib, “Yevropeyskaya Pravda” xabar bermoqda.
Mashg‘ulotlarga Polsha, Estoniya, Buyuk Britaniya, Kanada, Litva, Gollandiya, Chexiya, Vengriya va AQSh davlatlaridan kelgan 12,5 mingga yaqin harbiy jalb etiladi.
“Anakonda” manyovrlari 24-sentabrdan 3-oktabrga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyining boshida NATO mashg‘ulotlari Latviyada o‘tkazilgan edi. Shu orqali ittifoq Boltiqbo‘yi mamlakatlarni Rossiya Federatsiyasi tajovuzidan himoya qilishga tayyorligini ko‘rsatdi, deyiladi nashrda.
Izoh (0)