Incheon shahrida davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining suv polosi bahslarida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Gonkong terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
O‘zbekistonlik qizlar raqibalarini 16:1 hisobida taslim qildi. Angelina Jumaliyeva va Liliya Umarova uchta, Aleksandra Sarancha, Natalya Plyusova hamda Nellya Dadabayeva ikki martadan gol urdi. Eseniya Piftor, Anna Sheglova, Ramilya Xalikova va Adelina Zinurova bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
O‘zbekiston terma jamoasi bugunga qadar Singapurni mag‘lub etib, Yaponiya, Xitoy, Qozog‘istonga yutqazgan edi.
Izoh (0)