Incheon — 2014’da dzyudo bo‘yicha ishtirok etayotgan O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi bugun sensatsiya sohibiga aylandi. Qur’a natijasida jamoaviy bahslarning chorak finalida Yaponiyaga qarshi tatamiga chiqqan O‘zbekiston termasi mazkur sport turi vatani hisoblangan yurt vakillarini mag‘lub etdi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
Jamoaviy bahslar beshta vazn toifasida o‘tkazilmoqda (dzyudoda yettita vazn toifasi bor). Yaponiyaga qarshi chorak final to‘qnashuvida o‘zbekistonlik sportchilar quyidagi natijalarni qayd etdi.
Yaponiya — O‘zbekiston: 2:3
66 kg. Takajo Tomofumi — Rishod Sobirov: 000 - 01073 kg. Xiroyuki Akimoto — Navro‘z Jo‘raqobilov: 100 - 00081 kg. Keyta Nagashima — Yahyo Imomov: 010 - 00090 kg. Yuya Yoshida — Dilshod Choriyev: 000 - 010+90 kg. Yusuke Kumashiro — Abdulla Tangriyev: 0002 - 0001
Ammo yarim final bahsida O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘istonga 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. Rishod Sobirov va Yahyo Imomov o‘z raqiblarini mag‘lub etgan bo‘lsa, Sarvar Shomurodov, Dilshod Choriyev va Abdulla Tangriyev mag‘lubiyatga uchradi.
Yarim final
O‘zbekiston — Qozog‘iston: 2:3
66 kg. Rishod Sobirov — Azamat Mukanov 001 - 00073 kg. Sarvar Shomurodov — Dastan Ikibayev - 001 - 00281 kg. Yahyo Imomov — Aziz Kalkamanuli 100 - 00090 kg. Dilshod Choriyev — Timur Bolat: 0003 - 0001+90 kg. Abdulla Tangriyev — Maksim Rakov: 000 - 001
Endi O‘zbekiston terma jamoasi bronza medal uchun Eron — Turkmaniston to‘qnashuvi g‘olibiga qarshi tatamiga chiqadi.
Izoh (0)