iPhone 6 va iPhone 6 Plus smartfonlari kattaroq displeyda ishlab chiqarilgan hamda ularda avvalgilaridan ko‘ra ko‘proq quvvatga ega batareyalar o‘rnatilgan. Phonearena.com sayti yangi iPhone 6 va boshqa smartfonlarning batareyalarini taqqosladi. Bu haqda “Parol” nashri xabar berdi.
Batareya quvvati qancha paytga yetishini tekshirish uchun maxsus veb-skriptdan foydalanildi. Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, iPhone 6 batareyasining quvvati 5 soat-u 22 daqiqaga yetgan bo‘lsa, iPhone 6 Plus batareyasining quvvati esa 6 soat-u 32 daqiqadan so‘ng tugab qolgan.
Mashhur smartfonlar batareyasining quvvati qanchaga yetishini quyida ko‘rishingiz mumkin:
- Sony Xperia Z3 – 9 soat-u 29 daqiqa;
- Huawei Acend Mate7 – 9 soat-u 3 daqiqa;
- Samsung Galaxy S5 – 7 soat-u 38 daqiqa;
- HTC One (M8) – 7 soat-u 12 daqiqa;
- LG G3 – 6 soat-u 14 daqiqa;
- Samsung Galaxy Note 3 – 6 soat-u 8 daqiqa;
- Motorola Moto X (2014) – 5 soat-u 45 daqiqa;
- Apple iPhone 5s – 5 soat-u 2 daqiqa.
Izoh (0)