Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Mirabror Usmonov sportchilar bilan uchrashib, ularga omad tiladi. Kechagi medalchilarga rahmat aytar ekan, endi oltinga navbat kelganligini ta’kidlab o‘tdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Har bir oltin medal uchun 6000 AQSh dollari mukofot puli e’lon qilindi. M.Usmonov sportchilar yashayotgan sport shaharchasida ham bo‘lib, u yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Mars Qo‘chqorov (boks), Lyudmila Markelova (velosport), Dmitriy Adisman (dzyudo menejeri), Natalya Rustamova (suv polosi) kabilar so‘zga chiqib, imkon qadar maksimal natijaga erishishga va’da berdi.Usmonov esa o‘ziga berilgan oltin medal, o‘z navbatida, O‘zbekistondagi barcha sportchilar va murabbiylarning mehnati ekanligini takidlab o‘tdi.
Izoh (0)