Samsung kompaniyasi yangi reklama roligida Apple iPhone 6 va o‘zining Galaxy Note 4 gadjetlarini taqqosladi. Bu haqda Mashable nashri ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Videorolikda faqatgina Samsung Galaxy Note 4 planshetofoni maqtalgan bo‘lsa-da, unda turli xil saytlardan olingan, iPhone 6 yomonlangan xabarlar ko‘rsatib o‘tiladi. Quyida ularni o‘qishingiz mumkin:
- “Apple kompaniyasi Samsung haq bo‘lganini tushunib yetdi va 5,5 dyuymli iPhone 6’ni ishlab chiqardi”;
- “Apple muxlislari, haqiqat achchiq, lekin katta displeyli iPhone uchun Samsung’ga rahmat ayting” – BGR;
- “Faqat menga iPhone 6 Plus xuddi 2012-yilda chiqarilgan Galaxy Note 2’ga o‘xshash tuyulmoqdami yoki sizlarda ham shundaymi!?” – @faazon;
- “Apple o‘zining planshetofon g‘oyasini yangi deb o‘ylaydi, aslida esa buni Samsung bir necha yil oldin anglab yetgan edi” – @TVGMDamian.
Eslatib o‘tamiz, Apple rahbari Tim Kuk esa, kompaniya bir necha yil oldin kattaroq displeyli iPhone ishlab chiqarishi mumkin bo‘lganini ta’kidlagan.
Izoh (0)