O‘zbekistonda shu yilning avgust oyida Pepsi kompaniyasi “Jamoalarni to‘plang — sovg‘alarga ega bo‘ling” nomli aksiyasini e’lon qilgan edi.
Aksiya g‘oyasi dunyo futbolining David Luis, Robin Van Persi, Lionel Messi, Serxio Ramos, Serxio Aguero va Jek Uilshir kabi yorqin yulduzlaridan iborat “Pepsi jamoasi”ni yaratish (to‘plash)dan iboratdir. Shu tariqa ushbu ichimlikning har bir ishqibozi o‘z kumirlariga yaqin bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun Pepsi’ning sariq qopqoqlari ostidagi kodni qisqa raqamga SMS tarzida jo‘natish lozim.
Aksiya ichimlik va sport muxlislari tomonidan yuqori qiziqish bilan kutib olindi. Ishtirokchilar sonining kutilgan ko‘rsatkichlardan oshib ketishi natijasida Pepsi o‘z mukofot jamg‘armasini 38 mingtadan 100 mingta sovg‘aga oshirdi. Bundan tashqari, kodlarni aktivatsiya qilish muddati 2014-yil 20-sentabrgacha uzaytirildi.
Sovg‘alar chet eldan keltirilishi tufayli ularni topshirish 2014-yil noyabrigacha davom etadi. Bu haqda aksiya ishtirokchilariga SMS orqali xabar beriladi.
Izoh (0)