Kecha Toshkent shahrida bir hafta davom etgan erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kuni yunon-rum kurashi ustalari uchta vazn toifasida chempion hamda sovrindorlarni aniqlab berdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
59 kilogramm vazn toifasida gilamga chiqqan o‘zbekistonlik sportchi Elmurod Tasmuradov bronza medalga sazovor bo‘ldi. Bu O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi ikkinchi bronza medali bo‘ldi. Undan avvalroq, Bekzod Abdurahmonov O‘zbekiston terma jamoasiga dastlabki medal — bronza medalni taqdim etgan edi.
So‘nggi kun natijalari:
59 kilogramm:
1. Hamid Sorian (Eron)
2. Mingiyan Semyonov (Rossiya)
3. Elmurod Tasmuradov (O‘zbekiston)
3. Sting-Andre Berge (Norvegiya)
71 kilogramm:
1. Chingiz Labazanov (Rossiya)
2. Yunus Ozel (Turkiya)
3. Afshim Babangard (Eron)
3. Rasul Chunayev (Ozarbayjon)
98 kilogramm:
1. Artur Aleksanyan (Armaniston)
2. Oliver Xasler (Germaniya)
3. Qosim Rizoi (Eron)
3. Chenk Ildem (Turkiya)
Izoh (0)